Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Ijtimoiy tarmoqlar tuzog'idan saqlovchi 10 qadam

Ijtimoiy tarmoqlar tuzog`idan saqlovchi 10 qadam

Kunlardan bir kun xitoylik Syu Yan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchisiga aylandi, Internetga kirdi va ajabki qaytib chiqa olmadi. Uni qarangki, negadur uzluksiz onlaynda o'tgan bir haftadan so'ng monitor qarshisida o'lib qoldi. Biz esa o'ylab ko'rib inson farzandi bunday o'limga loyiq emas degan xulosaga keldik. Shunday ekan mana sizga test. Ijtimoiy tarmoqlar sizni o'z domiga qanchalik tortib olganini va bu sizga qanday havf solayotganligini o'zingiz tekshirib ko’ring. Biz sizga bundan qutulish yo’llarini tavsiya qilamiz.

Oldinlari insonlar uyquga ketish oldidan bir zum o'zlaricha nimalardur haqida fikr yuritishardi. Global g'oyalar miyada shivirlar, qo'llar behos soqolni silagancha sekin uyquga ketilardi. Hozirchi? Bugun ko'pchiligimiz yarim tun bo'lishiga qaramay bazo'r Internetdan bosh ko'taramiz. Barmoqlarimiz ekran yoki “sichqoncha”ni silagancha ko'zimiz ilinadi. Miyani 1 oy titsa ham 1 ta go'ya topilmaydi. Faqat Odnoklassnikidagi statuslar va Facebook “like”lari.

HA AYTGANCHA, AXVOLLAR QALAY? Siz uyqu oldidan odnoklassniki profilingizni tekshiryapsizmi, nonushta vaqtida Facebook bilanmisiz? Tushlik yoki mushigingiz suratini bugun Instagramga joyladingizmi? Bugun “Yuuuq…” deyishingiz mumkin. Lekin bu hali ertaga ijtimoiy tarmoqlar sizni butunlay o'z domiga tortib olmaydi degani emas.

Internet taraqqiyoti

“Biz istalgan vaqtda Internet tarmog'idan yoqimli tug'ularni olishimiz mumkin va bu bizni o'ziga bog'lab oladi. Bu yerda huddi azartli o'yinlardagi qonuniyat ishlamoqda”, – deb takidlaydi Internet qaramligini davolashga ixtisoslashgan reSTART klinikasi asoschisi, doktor Hillary Kesh. Olimlar Internetga qaram inson miyasida huddi giyohvandlik va ichkilikbozlikka chalingan inson miyasidagi kabi o'zgarishlarni aniqlashdi. Bu inson his-tuyg'ularini aks etishida, qaror qabul qilishda va diqqatni jamlashda o'z tasirini ko'rsatadi.

Bugungi kunda deyarli barchamizda istalgan vaqtda va istalgan joyda ijtimoiy tarmoqlar yoki Internetdan foydalanish imkoni mavjud. Bu borada aloqa operatorlari, internet provayderlar tinimsiz mehnat qilishmoqda. “Muammo zamon texnologiyalarida emas, muammo biz ulardan qanday foydalanishimizda” – tushintiradi Kesh. Quyida Internet qaramligidan qutilishda samarador 10 qadamdan iborat rejani taqdim etmoqchimiz. Balki siz Internetga qaram emassiz. Har holda global tarmoqdan qanday oqilona foydalanishni bilib qo'ygan maqsadga muvofiq.

Ijtimoiy tarmoqlar yoki Internetga qaramlikni aniqlovchi test

1 qadam: Aniqlab olamiz. Qaysi toifadagi Internet foydalanuvchilari sirasiga kirishingizni aniqlab oling.
Ijtimoiy tarmoqlar qaramligini aniqlovchi test

2 qadam: Nimalarga erishdingiz? Keyingi safar (keeling shu safar) uzoq Internet seansidan keyin bir varoq qog'oz oling va shu vaqt mobaynida qanday foydali narsalarni topganingizni yozib chiqing. Ro'yhat judayam qizqa bo'ldimi? Ajablanarli joyi yo'q! Vaqtingiz besamar ketganini va shu vaqt ichida qanchalik layoqatsiz ekanligingizni anglash qaramlikdan qutulish uchun juda muhum qadam. 3 qadam: O'zingizdan uyaling. Internetga qaram insonlar asosiy vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlar va onlayn o'yinlarda o'tkazishadi. Buni tasavvur qilish uchun o'zingizni tashqaridan kuzatib ko'ring. (Yoki wakoopa.com sayti statistikalari bilan tanishib ko'ring). Uyatli holat! Internetdan foydalanishni optimallashtirish vaqti kelmadimikan?
4 qadam: Kun tartibini o'zgartiring. Ijtimoiy tarmoqlarda yangliklarni varoqlash va u sahifadan bu sahifaga hakkadek sakrash sizni o'z domiga tortib boradi. Bu bema'nigarchilikni to'xtatish lozim. Sekin asta boshqacharoq kun tartibiga o'tishga harakat qiling. Odatda Internetga kiradigan vaqtingizga boshqa biror qiziqarli narsalarni rejalashtiring. Qiziqarli kino tomosha qilish, hiyobonda sayr qilish, do'kon aylanish va x.k. Bundan olgan garmonlaringiz qaramlikdan qutilishga yordam beradi.

6 qadam: Tarmoqdan chiqishni o'rganing. Ijtimoiy tarmoqlar uchun biror qoldirib bo'lmaydigan muhum uchrashuvdan 20-30 daqiqa oldin vaqt ajrating va bunga 10 daqiqa sarflang. Bundan tashqari yumushlarni Internetdan foydalanmagan holda bajarishga harakat qiling. Masalan turistlik agentliklari saytlarida soatlab izlanish o'tkazgandan ko'ra do'stingizga qo'ng'iroq qilib shahardagi yaxshi restoran yoki kafeni so'rashingiz mumkin.
5 qadam: O'zingizni chegaralang. Hamma narsa juda oddiy, juda oson va kunda 24 soat ochiq bo'lgan Internet dunyosida adashib, yo'qolib ketish hech gap emas. Agar Internetdan o'zingizni chegaralash o'z qo'lingizdan kelmasa buni tashqi tomondan amalga oshirish mumkin. Internetni to'liq yoki qisman bloklovchi dasturlardan foydalaning. Tunda o'zingiz uchun Internetga to'siq o'rnatib ko'ring va ajabmaski tezda o'z vaqtida uxlashga odatlansangiz.
ijtimoiy tarmoqlardan chegaralaning
7 qadam: Online o'yinlardan vos keching. O'yin ishtirokchilari bir-biri bilan muloqotda bo'ladigan o'yinlar qattiq qaramlikni keltirib chiqaradi. Chunki bunday o'yinlarda odam o'zini real hayotdagidan ancha yaxshiroq his etadi. Qaramlikdan qutilishni chin dildan hohlasangiz, bunday on-line o'yinlardagi accountingizni o'chirishga tog'ri keladi.
online o'yinlar
8 qadam: Umumiylashtirish. Turli ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni agregator saytlar yordamida bir joyda umumlashtiring. Masalan meople.net – bir vaqtning o'zida Facebook, Odnoklassniki, Vkontakte va boshqa ko'plab tarmoqlardagi yangliklarni o'qishga imkon beradi. Endi har biri uchun alohida vaqt sarflash shart emas.
9 qadam: Internetga o'z o'rnini ko'rsatib qo'ying. Internetga sarflanadigan vaqtni miyorga keltisih uchun aniq chegaralar qo'yib oling. Mobil internet, bepul Wi-Fi larga qaramasdan Internetga faqat bitta kompyuter orqali kiring. Internet faqat sizning ish stolingizda bo'lsin. Barcha bo'sh vaqtingizni Internet bilan to'ldirmang. 10 qadam: Intel CORE i7. Kompyuteringizda ko'p yadroli protsessor bo'lishi mumkin, lekin u sizning miyangizda mavjud emas. Tadqiqotlar ko'rsatadiki, bir vaqtda bir necha ishni bajarganimizda miya ishlashi sekinlashadi va har bir vazifa uchun 40% ko'p vaqt sarflaymiz.

BONUS: Internetdan oqilona foydalanish hususida yana bir fakt: Kaliforniya universitetida o'tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha qizqa va foydali internet seanslari miyaning qaror qabul qiluvchi, mantiqiy fikr yurituvchi hududlarini mashq qildirar ekan. Shuningdek yosh 80-90 ni qoralaganda ham chuqur muloxaza yuritish qobilyatini uzoq vaqt saqlab qolishga yordam berar ekan.

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика