Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Dunyodagi eng hunuk bino TOP 21

Daily Telegraph nashri dunyodagi eng hunuk 21 imorat ro’yxatini tuzib chiqishdi. Quyida e’tiboringizga shu imoratlarni taqdim qilamiz.

21-o’rin. Olimpiada — 2012 yozgi o’yinlarini o’tkazish maqsadida Londonda qurilgan ArcelorMittal Orbit minorasi. Balandligi 120 metrni tashkil etuvchi ushbu minora Londonning Olimpiya bog’ida joylashgan.

ArcelorMittal Orbit minorasi. Londond

ArcelorMittal Orbit minorasi. Londond

20-o’rin. Neyu Yorkdagi «The Verizon Building» ma’muriy binosi. Imorat 1975 yilda «Rose, Beaton & Rose» tomonidan qurilgan.

The Verizon Building. Neyu York

The Verizon Building. Neyu York

19-o’rin. Abu-Dabidagi Aldar quruvchilik kompaniyasining binosi. Imorat 2010 yilda MZ Architects kompaniyasi tomonidan qurilib topshirilgan. Ushbu imorat dunyodagi birinchi aylana shaklidagi osmono’par xisoblanadi.

Aldar quruvchilik kompaniyasining binosi. Abu-Dabi

Aldar quruvchilik kompaniyasining binosi. Abu-Dabi

18-o’rin. «The Longaberger Basket Company» kompaniyasinig ofis binosi. Ogayo shtati. 1997 yili qurib bitkazilgan.

The Longaberger Basket Company building. Ogayo shtati

The Longaberger Basket Company building. Ogayo shtati

17-o’rin. Praga shahridagi Jijkov teleminorasi. Minora qurilishi 1992 yilda tugatilgan.

Jijkov teleminorasi. Praga, Chexiya.

Jijkov teleminorasi. Praga, Chexiya.

16-o’rin. Afrikadagi eng baland turar joy binosi — Ponte City Apartments. Ushbu 54 qavatli turar joy binosi 1975 yilda qurib foydalanishga topshirilgan.

Ponte City Apartments. Afrika

Ponte City Apartments. Afrika

15-o’rin. Londonda joylashgan «Strata Tower SE1″ imorati 2010 yilda qurib bitkazilgan. Mazkur imorat 42 qavatdan iborat.

Strata Tower SE1. Londond

Strata Tower SE1. Londond

14-o’rin. Belorussiyaning milliy kutubxonasi. Minsk shahri. Kutubxona arxitektorlari Mixail Vinogradov va Vektor Kramarenko loyihalashtirgan. Imorat 2006 yilda qurib bitkazilgan.

Belorussiyaning milliy kutubxonasi

Belorussiyaning milliy kutubxonasi

13-o’rin. Makaodagi 40 qavatli Grand Lisboa mehmonxona. Imorat dizaynerlari Gonkonglik Dennis Lau va Ng Chun Man. Qurilish ishlari 2007 yili tugallangan.

Grand Lisboa mehmonxonasi. Makao.

Grand Lisboa mehmonxonasi. Makao.

12-o’rin. Biratislavdagi radio qarargohi. Imorat shakli teskari o’girilgan piramidani eslatadi. Imorat 1983 yilda qurib bitkazilgan.

Biratislavdagi radio qarargohi

Biratislavdagi radio qarargohi

11-o’rin. 22 qavatdan iborat Elephant Building (fil imorat) imorati. Tailandning Bangkok shahri. Imorat dizayneri Sumet Jumsai. Qurilish ishlari 1997 yilda tugallangan.

Elephant Building. Tailand

Elephant Building. Tailand

10-o’rin. Britaniyaning markaziy rezvetka tashkiloti joylashgan bino. London. Bu bino «MI6 Building» nomi bilan ham mashho’r. Imorat arxitektor Terri Farrel loyihasi asosida qurilib, 1994 yili foydalanishga topshirilgan.

"MI6 Building". London

«MI6 Building». London

9-o’rin. Madriddagi «Mirador Building» turar joy binosi. 37 metr balandlikdagi ushbu bino 2005 yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib Gollandiya va Ispaniya arxetektorlari tomonidan loyihalangan.

"Mirador Building" turar joy binosi. Madrid

«Mirador Building» turar joy binosi. Madrid

8-o’rin. Avstraliya. Melburn shahri markaziy maydoni. Ushbu antiqa va g’alati imorat Lab Architecture Studio va Bates Smart qurilish tashkilotlari tomonidan 2002 yilda qurib bitkazilgan.

Melburn shahri markaziy maydoni. Avstraliya

Melburn shahri markaziy maydoni. Avstraliya

7-o’rin. Leverpul Katolik cherkovi. Dizayner Frederick Gibberd loyihasi asosida 1967 yilda qurilgan.

Leverpul Katolik cherkovi

Leverpul Katolik cherkovi

6-o’rin. Kubadagi Rossiya elchixonasi binosi. Bino Alexander G Rochegov tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, 1985 yilda foydalanishga topshirilgan.

Rossiya elchixonasi binosi. Kuba

Rossiya elchixonasi binosi. Kuba

5-o’rin. Tours Aillaud turar joy binosi. Parij. Binoning yagona o’ziga hosligi uning hech bir qarrasi yo’qligida. Bino 1977 yilda qurib bitkazilgan.

Tours Aillaud turar joy binosi. Parij

Tours Aillaud turar joy binosi. Parij

4-o’rin. The Fang Yuan Building ofis binosi. Xitoy. Bino CY Lee tomonidan Xitoyning o’rtasi kvadrat teshik tangasi shaklidaqurilgan. Ushbu bino qurilishi 2001 yilda tugallangan.

The Fang Yuan Building ofis binosi. Xitoy

The Fang Yuan Building ofis binosi. Xitoy

3-o’rin. Kosova milliy kutubxonasi. 1982 yilda dizayner Andrija Mutnjakovic loyihasi asosida qurilgan.

Kosova milliy kutubxonasi

Kosova milliy kutubxonasi

2-o’rin. Janubiy Koreyadagi 105 qavatli Ryugyong mehmonxonasi. Mehmonxona qurilishi 1987 yilda Baikdoosan Architects & Engineers kopaniyasi tomonidan boshlanib, 2008 yilda oxiriga yetkazilgan.

Ryugyong mehmonxonasi. Janubiy Koreya

Ryugyong mehmonxonasi. Janubiy Koreya

1-o’rin. Torre Velaska minorasi. Milan, Italiya. Minora «BBPR architectural partnership» tomonidan 1950 yilda qurib bitkazilgan.

Torre Velaska minorasi. Milan, Italiya.

Torre Velaska minorasi. Milan, Italiya.

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика