Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Ajoyib test: Suratdagi qizni qaysi tomonga aylantira olasiz?

Inson o’z miyasi imkoniyatlarining juda kam qismidan foydalanishini bilasiz. Biz sizga hozirning o’zidayoq idrok kuchi yordamida suratni teskari aylantirish mumkinligini ko’rsatib bermoqchimiz. Shunchaki suratdagi qizga diqqat bilan qarang!

Suratdagi aylanuvchi qiz – sizda miyaning qaysi qismi yaxshi ishlashini aniqlab beruvchi oddiy test. Bu qanday bajariladi deysizmi? Shunchaki suratga qarang va undagi qiz qaysi tomonga aylanayotganini ayting. Balki ishonmassiz, lekin uni idrok kuchi bilan istalgan tomonga aylantirish mumkin. Urinib ko’ring!

suratdagi qiz - ajoyib psixologik test

Agar suratdagi qiz soat strelkasi yo’nalishida aylanayotgan bo’lsa, demak sizda miyaning o’ng yarim shari yaxshi rivojlangan. Agar aylanish soat strelkasiga teskari yunalishda bo’lsa, unda miyaning chap yarim shari.

Miya yarim sharlari nimaga javob beradi?

Chap yarim shar

Miyaning chap yarim shari og’zaki ma’lumotlarni qayta ishlashga moslashgan. U til xususiyatlariga javob berib, gapirish, yozish va o’qish qobiliyatlarini boshqaradi. Aynan miya chap yarim shari yordamida inson faktlar, sanalar, ismlarni yodda saqlaydi. Shunday ekan miyaning ushbu qismi barcha dalillarni tahlil qiladi va mantiqiy fikrlash xususiyatini nomoyon qiladi. Matematik belgilar va raqamlar ham aynan miyaning shu qismida aniqlanadi.

O’ng yarim shar

Miyaning o’ng yarim shari og’zaki bo’lmagan, ya’ni tasavvur va tafakkur yordamida olinadigan ma’lumotlarni qayta ishlashga moslashgan. Miyaning ushbu qismini ishlatib inson tasavvur qilishi, hayol og’ushiga cho’mishi va to’qima voqeliklar yaratishi mumkin. Shuningdek miyaning o’ng yarim shari ijodiy yaratuvchanlik va musiqa qobilyatlariga ham javobgardir. Miya o’ng yarim shari bir vaqtning o’zida ko’plab ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir. Va bu qobiliyat hamma narsani bir butun holda ko’ra olish imkonini beradi.

Diqqatni bir joyga jamlab suratdagi qizning aylanishini teskari tomonga o’zgartirishingiz mumkin. Agar sizda buni amalga oshirib bo’lmayotgan bo’lsa pastdagi rasmga qarang. Endi aniq bajara olasiz!

* Aylanishni teskari tomonga o’zgartira olmaganlar uchun buni amalga oshirishni osonlashtiruvchi 3 surat. Chapdagi yoki o’ngdagi rasmga qizqa nazar tashlab olib, so’ng o’rtadagi qizni osonlik bilan istalgan tomonga aylantirishingiz mumkin.

suratdagi qiz - ajoyib psixologik test

Ushbu surat muallifi yapon dizayneri Nobuyuki Kayahara. Yale universitetida 5 yil davomida o’tkazilgan tatqiqotlar natijasiga tayanib aytadigan bo’lsak, suratdagi qiz aylanishini teskari tomonga osonlik bilan o’zgartira olgan insonlarda IQ 160 dan yuqori bo’lar ekan.

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика