Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Qo`llaringizni mushtlang va xarakteringiz qanday turga mansubligini aniqlang

mushlarda inson xarakteri

Beihtiyor qo`llaringizni mushtlang. Ko`pchilik 3 va 4 rasmdagi holatda musht qilar ekanlar. Sizchi?

1. Bu turdagi odamlar tortinchoq bo`lsalarda ko`p hollarda o`ta aqilli insonlar bo`lishadi. Ular ko`p narsalarni biladilar, turli-tuman qiziqarli ma’lumotlarga boy bo`ladilar, bir so`z bilan aytgada "tirik ensiklopediya"dirlar. Bunday insonlar bir kasbda to`xtab qolmaydilar. Mavhum bo`lgan narsalarni aniqlashga bo`lgan kuchli istak sabab yangidan yangi bilimlarni o`zlashtirish, dunyoni kengroq anglashga chanqoqdirlar va ularning tez o`zlashtirib olish qobiliyatlari bunga to`liq imkon beradi. Demak bu turdagi insonlarni ixtirolar, yangicha qarashlar, g`oyalar yaratuvchisi deyish mumkin.

Xarakterning teskari tomonlari: Bu toifadagi kishilarning aslida qanday inson ekanliklarini bilish xar kimga ham nasb qilavermaydi, chunki ular juda sirlidirlar.

2. Bu turdagi insonlar o`zlarini o`zlari yaratadilar. Ko`rinishdan g`amgin kiyofa kasb etsalarda, aslida juda muloyim va nozik qalb egasi bo`ladilar. Ular biror narsani faqat kerak bo`lsagina o`rganadilar. Ortiqcha narsalarga ko’pam bosh qotirmaydilar. Agar siz ushbu toifa insonlar sirasiga kirsangiz xursand bo`lavering, sizda intuitsiya juda yaxshi, lekin u ko`proq texnik xarakterga ega, chunki sizning miyangizda doimo taqqoslash, xisoblash va eng yaxshi yechimni tanlash amallari aylanadi.

Xarakterning teskari tomonlari: Ularni muxokama qilishdan ko`ra ortga chekingan maqul, yoki umuman muxokama qilmagan afzal. Siz kamyob insonlar toifasidansiz, lekin sizningcha ko`pam buni to`g`ri baholashmaydi!

3. Bu turdagi insonlar haqiqatga tik boquvchi, o`z o`rinlarida mustaxkam turuvchi, ishbilarmon va hisoblidirlar, lekin bu aslo ularni o`zgalar hisobidan foyda ko`radi degani emas. Ularda hayotda o`z o`rnlarini topish uchun ijodiy qobiliyatlar bisyor va ular hayotdan o`zlari uchun nima olishni yaxshi biladilar. Agar bunday insonlar ko’magi bo`lsa tog`ni talqon qilishdan ham cho`chimasangiz bo`laveradi. Qizqasi -  tog`ri so`z, ishonchli va jiddiy!

Xarakterning teskari tomonlari: Ko`zlangan cho`qqiga yetgach, yerga tushishni esdan chiqarmang. Voqealar ketma-ketligidan uzoqlashib real vaziyatni ko`pam tog`ri baholay olmaysiz. Tog`ri yo`lni ko`ra bilish uchun siz doimo xarakatda bo`lishingiz lozim.

4. Bu toifa insonlar kuzatuvchan va sinchkov bo`ladilar. Ular xatto mayda zarralardan "qasr", kichik so`mmalardan esa yirik moliyaviy emperiya qurishlari mumkin. Buning uchun ularga kichik sarmoya ham yetarli bo`ladi. Ular mablag` va ish kuchini to`g`ri taqsimlay oladilar. Bunday toifa insonlarning shiori "Sekin-sekin yurib uzoqqa yetasan". Ular aslo maqtanishni yoqtirmaydilar va sokinlik, tinchlikni afzal ko`radilar.

Xarakterning teskari tomonlari: Boshqa toifadagi insonlar bilan tanishish sizga yanada kengroq imkoniyatlar eshigina ochadi. Buning uchun o`z "qobig’ingizdan" biroz bo’lsada chiqishni maslaxat beramiz. Xavotir olmang, tug`ma extiyotkorlik hissi sizni xarqanday balodan asraydi. Ohir oqibat albatta g`alabaga erishasiz, faqat buni kim bilan nishonlashni bilsangiz bas!

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика