Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Tanimaydilar

Tanimaydilar

Boringda do‘stman deb ko‘krak kerganlar.
Yo‘g‘ingda qatorda sanamaydilar.
Kecha soyamga xam salom berganlar.
Endi ular bizni TANIMAYDILAR.

Kecha nomim sotmay BITMASDI ISHI.
Ismim eslolmadi bugun shu kishi.
Yana ortiqchadir qilgan mish-mishi.
Endi ular bizni TANIMAYDILAR.

Xardam visolimga edi tashnalar.
Xozir kim bilan u baland poshnalar.
Nimadan naf chiqsa shunga tashlanar.
Endi ular bizni TANIMAYDILAR.

Tanimay goxida Yaratganini.
Tanishar barcha nom taratganini.
Ko‘rmayin qo‘liga qaratganini.
Endi ular bizni TANIMAYDILAR.

Yo‘qlikga xam endi kuyinmay qo‘ydim.
To‘qlikga xam sira suyunmay qo‘ydim.
TANILISHGA ko‘pam urinmay qo‘ydim.
Endi ular bizni TANIMAYDILAR.

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика