Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Tanimaydilar

Boringda do‘stman deb ko‘krak kerganlar.
Yo‘g‘ingda qatorda sanamaydilar.
Kecha soyamga xam salom berganlar.
Endi ular bizni TANIMAYDILAR.
 

Tilsimli muhabbat

Ming bir andishada qo'ysam so'roqlab,
Uyqusidan sira ochmagan ko'zin.
Ishqimni ketgan ko'chaga tashlab,
Keyin yig'lab-yib'lab ovutgan o'zin.
 

Muhabbat izlab...

Bir kun Yurak muhabbat izlab yo’lga chiqibdi. Yo’lida birinchi unga yolg’on uchrabdi. Yo’lida davom etgan Yurak ikkinchi uchratgani xiyonat bo’libdi. So’ng uchinchi uchratgani baxt bo’libdi. Lekin u muhabbatni topa olmapdi. Shu tariqa kech tushib keying uchratgani armon bo’libdi. Yo’lida davom etibdi va tushkunlikka duch kelibdi.
 

Farishtam

Men yerga bog'langan bir bandi edim,
Saxar borib, tunda qaytardim ishdan.
Sen kelding...
Sen ahir qaylardan kelding?
Ko'klardan tushdingmi, ma'sum FARISHTAM?
 

Ishq

Mag'rur qalblar qayga intildi,
Buncha dilni shirin qildi ishq,
Qololmadik ishq kamlik qildi,
Ketolmadik ko'plik qildi ishq.
 

Sog'inch

Bemahalda eshik taqillar,
Bemahalda uyqu qochadi.
Kim u...? Sokin soat chiqillar,
Sog'inch turib eshik ochadi.
 

Kayfiyat

Ko'ngil tilagidan kechdi, horidi.
Ko'ngil orzularni istamay qo'ydi.
Uyga sig'may qoldi, dunyo tor edi,
Baxt degan bekatga yetmayin to'ydi.
 

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика