Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

HTC Desire Eye - Selfi ishqibozlari uchun

HTC mobil telefon ishlab chiqaruvchilari Desire Eye modelining old va orqa kamerasiga birdek 13 megapiksellik kamera o`rnatib selfi ishqibozlarini xursand qilishdi. Har bir kamera diodli yoritgich va yuqori sifatli mikrofon bilan jihozlangan. Bundan tashqari Desire Eye modelida HTC ning yangi dasturiy ta’minoti Eye Experience va yangilangan Zoe 2 xizmati ham taqdim qilinadi.

HTC Desire Eye

Yana bir uzoq kutilgan innovatsiya – HTC Desire Eye namlikdan himoya qiluvchi korpusga ega.

Shuni ham ta’kidlab o`tish joizki, yangi smartfon Snapdragon 801 protsessori, 2 Gb tezkor xotira va 5.2” diagonallik Full HD ekran asosida yaratilgan. Yagona kamchilik sifatida 2400 milliamperlik batareykani aytish mumkin.

Va nihoyat HTC kompaniyasi ultrapiksellik kamera smartfonlar uchun ortiqcha ekanligini tan olishdi. Desire Eye taqdimotidan ko`p o`tmay 4 Mpx ultrapikselli kamera o`rniga 13 megapikselli kamera o`rnatilgan HTC One (M8 Eye) ning takomillashgan variantini ham taqdim etishdi.

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика