Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

2048

19 yoshli Italiyalik yosh dasturchi Gabriel Chirulli ushbu o`yinni yozayotgan vaqtida uning bu qadar ommalashib ketishini xatto tasavvur ham qilmagan bo`lsa ajabmas. U bu ishni JavaScript dasturlash tilidan bilimini mustahkamlash mashqi sifatida 2 kundan kamroq bo`lgan muddat ichida bajargan edi.

game 2048“2048” ilk bor Chirulli tomonidan yaratilmagan bo`lsada mashhurlik aynan unga nasib qildi. Chirullini ilhomlantirgan Threes o`yini yaratuvchilari esa haligacha bundan norozilar.

San`at, ilm-fan yoki biznesda olamshumul ixtiro qilish uchun hozircha g`oya yo`q bo`lsa unda bor imkoniyatlardan foydalanib turing. Kim biladi balki sizga ham Chirulli singari omad kulib boqar. Mavjud nazariyalar esa yangi g`oyalarni yaralishiga asos bo`lishi ham hech gap emas. Bolakay hamma qilayotgan, allaqachon yaratib bo`lingan narsani takrorlashdan tortinish kerak emasligini isbotlab berdi.

O`yin qoidalari:

  • Har qadamda sizga bittadan “2” yoki “4” sonlari beriladi.
  • O`yinchi 4 tomonga yo`nalgan ko`rsatgich tugmalar orqali 4x4 o`lchamdagi barcha katakchalarni o`sha tomonga harakatlantiradi.
  • Harakat yo`nalishida uchragan ikkita bir hil sonlar birlashadi va natijada ular yig`indisiga teng bitta katak hosil bo`ladi.
  • Sizdan shu tartibda 2048 sonini yig`ish talab etiladi. Undanda ko`proq bal yig`ish sizning qobiliyatingizga havola.
  • Barcha kataklar to`lgan va yangi son uchun joy qolmagan taqdirda siz yutqizgan hisoblanasiz.

O`yinda yig`ish mumkin bo`lgan eng yuqori bal – 3 932 100 va eng katta son – 131 072.

Siz ham o`ynab ko`ring va to`plagan balingizni o`rtoqlashing.

O'yinni mobil telefoningizga o`rnatib olish uchun ushbu manzilga kiring.

Samsung Galaxy Premium Club galaxyclub.uz

Яндекс.Метрика